Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat siyosati darajasida


Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat siyosati darajasida

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada mustahkam huquqiy baza yaratilib, maxsus institutlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli olib borishga xizmat qildi.

Asosiy e’tibor faqat korrupsion jinoyatlarni fosh etishga emas, balki ularning kelib chiqish sabablarini oldindan bartaraf etishga qaratildi. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobdorlikni kuchaytirish muhim vazifa sifatida belgilandi.

Qabul qilingan qonun va qarorlar amaliyotga joriy etilib, davlat xizmatchilari uchun halollik standartlari shakllantirildi. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, daromad va mol-mulkni deklaratsiya qilish kabi mexanizmlar joriy qilindi.

Natijada jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat kuchayib, adolat tamoyillari tobora mustahkamlanmoqda.

Chinoz tuman adliya bo‘lim boshlig‘i
Farxod Shuxratovich Xaitmetov