Янгиликлар
13
E'LON

E’LON
“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasiga start berildi
❗️Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy maslahatlar, hamda “Adliya kuni” uchrashuvlari tashkil etiladi.
✅Aksiya davomida xotin-qizlar:
➖ o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar;
➖ davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam;
➖ bepul davlat xizmatlari hamda elektron platformalardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot olishlari mumkin.
⌛Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar adliya organlarining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.