Янгиликлар
28
Olmaliq shahrida brifing o‘tkazildi

Olmaliq shahrida brifing o‘tkazildi
Olmaliq shahar adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil etildi.
Tadbirda hisobot davrida erishilgan natijalar, amalga oshirilgan islohotlar hamda aholiga ko‘rsatilgan huquqiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, OAV vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Mazkur brifing ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga tezkor va ishonchli huquqiy axborot yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.