Янгиликлар
09
Qibray tumanida press-tur tashkil etildi

Qibray tumanida press-tur tashkil etildi
Qibray tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 5-mart kuni yoshlar hamda “Mahalla” radiokanali xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar adliya bo‘limi faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “Mahalla” radiokanali vakillari tomonidan jarayonlar yoritilib, mutaxassislar bilan suhbatlar tashkil etildi.
Mazkur press-tur ochiqlikni ta’minlash, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.