Янгиликлар
01
Quyi Chirchiq tumanida matbuot anjumani o‘tkazildi

Quyi Chirchiq tumanida matbuot anjumani o‘tkazildi
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda hisobot davrida erishilgan natijalar, amalga oshirilgan islohotlar hamda aholiga ko‘rsatilgan huquqiy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, jurnalistlar va OAV vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Mazkur matbuot anjumani ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga tezkor va ishonchli huquqiy axborot yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.