Янгиликлар
04
Qibray tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Qibray tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlarning raqamlashtirilishi hamda elektron platformalar orqali masofadan turib foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va raqamli xizmatlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.