Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

MUNOSABAT


       MUNOSABAT

          Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahar Davlat xizmatlari markaMUNOSABATzida fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni yuzasidan tarqalgan xabarlar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

         Ayni vaqtda Yangiyo‘l shahar Davlat xizmatlari markazidagi mavjud 8 ta shtat birligi mavjud bo‘lib,  shundan  1 nafar xodim mehnat ta’tilida, 1 nafar xodim esa bola parvarishlash taʼtilida.
         Markazda xodimlarning tushlik vaqti xizmat ko‘rsatish jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida navbatchilik asosida tashkil etilgan. Xodimlarning bir qismi soat 12:00 dan 13:00 gacha, qolgan qismi esa soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlikka chiqadi. Shu bois tushlik vaqtida ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilmaydi.
         Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali “yagona darcha” tamoyili asosida 530 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 800 ga yaqin davlat xizmatidan masofadan turib foydalanish imkoniyati mavjud.
      Shuningdek, Markazda yosh bolali fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa yoshdagilarga belgilangan tartibda navbatsiz xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish burchagi ham tashkil etilgan.
      Davlat xizmatlari markazlari aholiga sifatli, tezkor va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatishni, shuningdek, kelib tushgan har bir murojaat va tanqidiy fikrni belgilangan tartibda o‘rganib, zarur choralarni ko‘rishni ustuvor vazifa deb biladi.