Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

RASMIY MUNOSABAT


RASMIY MUNOSABAT

     Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l shahar Davlat xizmatlari markazida elektron navbat tizimi ishlamayotgani hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni yetarli emasligi yuzasidan bildirilgan murojaat va fikrlar mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida mazkur holat joriy yilning 18-avgust kuni kuzatilgani aniqlandi.
Yangiyo‘l shahar Davlat xizmatlari markazida jami 8 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, shundan 1 ta direktor, 2 ta bo‘lim boshlig‘i, 3 ta bosh mutaxassis, 1 ta yetakchi mutaxassis hamda 1 ta hisoblash texnikasi operatori lavozimlari tashkil etadi.
      Mazkur holat kuzatilgan vaqtda Markaz direktori mehnat ta’tilida, bosh mutaxassis esa bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan.
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijasida holat kuzatilgan vaqtda Markazning boshqa xodimlari o‘z ish joylarida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullangani hamda elektron navbat tizimi belgilangan tartibda, uzilishlarsiz faoliyat yuritgani aniqlandi.
   Fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari doimiy e’tiborda. Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.