Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Nogironligi bo‘lgan abiturientlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi


Nogironligi bo‘lgan abiturientlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

Mamlakatimizda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning oilaviy muhitda ta’lim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi hamda jamiyat hayotida faol va to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 4-avgust sanasida “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–292-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-maydan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni vaucher asosida ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi zamonaviy assistiv (yordamchi) jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abiturientlar uchun oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihoni va nogironligi bo‘lgan pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish, umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish bo‘yicha imtihon (sinov)da belgilangan vaqt me’yorining
50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (ixtisoslashtirilgan muassasalar)da o‘qitish bolaning individual ta’limga ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari hamda o‘zlashtirish darajasiga muvofiq ishlab chiqiladigan individual ta’lim rejalari asosida tashkil etilishi belgilandi.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

Yuridik xizmatlar faoliyatini

muvofiqlashtirish bo‘yicha

bosh maslahatchi                                                                        A.Toshmatjonov