Янгиликлар
17
⚖️ADLIYA — YOSHLAR NIGOHIDA


⚖️ ADLIYA — YOSHLAR NIGOHIDA
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar adliya organlari faoliyati, tizimning asosiy yo‘nalishlari hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yoshlarning huquqiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni adliya tizimidagi kasb va faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob oldilar. Shuningdek, ularning fikr, taklif va tashabbuslari tinglandi.