Янгиликлар
16
Qibray tumanida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qibray tumanida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi ⚖️
Qibray tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi Musurmonova.F tomonidan Yangi arg’in MFY hamda Do’rmon MFY da yashovchi fuqarolar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirlar davomida quyidagi muhim mavzular va hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlarining ahamiyati hamda ularning fuqarolar hayotidagi amaliy o‘rni;
Aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari;
Onlayn firibgarlik va boshqa kiberjinoyatlarning oldini olish hamda shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash usullari.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan huquqiy savollarga batafsil javob berilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha maxsus tayyorlangan bukletlar, flayerlar va boshqa ko‘rgazmali tarqatma materiallar ulashildi.