Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

⚖️ TADBIRKORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA KIBERJINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB MASALA!


 

⚖️ TADBIRKORLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA KIBERJINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DOLZARB MASALA!

 Bugun Chirchiq shahridagi “Yoshlar maskani” binosida shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda Toshkent viloyati sudlari sudyalari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Tadbir davomida tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishda amaliyotda uchrayotgan muammolar, ularning huquqiy yechimlari hamda sudga murojaat qilish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet firibgarligi, bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.