Янгиликлар
19
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ!
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ!
Nurafshon shahridagi “Obod” MFYda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida internet firibgarligi, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta havolalar va kiberjinoyatchilarning aldov usullari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga kibertahdidlardan himoyalanish, shubhali xabarlarga ishonmaslik hamda moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
✅ Kiberxavfsizlik — har birimizning hushyorligimizdan boshlanadi!