Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Toshkent viloyati adliya organlariga 2026-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili


 

Toshkent viloyati adliya organlariga 2026-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili
 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2026-yilning yanvar–sentabr oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
 Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari
Hisobot davrida viloyat adliya organlariga jami 5 928 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 989 tasi viloyat adliya boshqarmasiga, 3 939 tasi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga to‘g‘ri keladi.
Kelib tushgan murojaatlarning:
✅ 5 676 tasi (95,7%) ko‘rib chiqilib, hal etilgan;
✅ 3 922 tasi qanoatlantirilgan;
 1 754 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan;
 160 tasi tegishliligi bo‘yicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan;
 19 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;
⏳ 73 tasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.
 Murojaatlar turlari bo‘yicha tahlil
Kelib tushgan murojaatlarning 3 780 tasini shikoyatlar, 2 148 tasini arizalar tashkil etgan.
Shikoyatlarning 2 724 tasi qanoatlantirilgan, 891 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Arizalarning esa 1 198 tasi qanoatlantirilgan, 863 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2 013 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 1 002 tasi ijobiy hal etilgan, 911 tasi bo‘yicha huquqiy ma’lumot berilgan.
⚖️ Murojaatlar natijasida fuqarolarning huquqlari tiklanmoqda
Jumladan, Piskent tumani 3-son texnikumi tomonidan ish haqi va boshqa to‘lovlar to‘lanmaganligidan norozi bo‘lgan fuqaro U. Boboqulovning murojaati o‘rganildi.
Natijada fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, fuqaro foydasiga 38 million so‘m miqdoridagi ish haqi va boshqa kafolatlangan to‘lovlar to‘lanishi ta’minlandi.
Shuningdek, fuqaro F.M.ning Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan mulk yuzasidan uch tomonlama shartnoma imzolanmayotganligi haqidagi murojaati o‘rganilib, hokimlikka taqdimnoma kiritildi. Natijada shartnoma imzolanishi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
 Fuqarolar asosan qaysi masalalarda murojaat qilmoqda?
Murojaatlar tahliliga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelgan:
Mehnat munosabatlari — 718 ta (12,1%);
 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish — 594 ta (10%);
 Qonun hujjatlariga tushuntirish berish — 433 ta (7,3%);
 Ijtimoiy himoya — 429 ta (7,2%);
 Soliq masalalari — 212 ta (3,6%);
 Yuridik xizmat, intellektual mulk, oila va nikoh, aliment, bank xizmatlari, subsidiya, yer va boshqa masalalar — 3 542 ta (59,8%).
 Tahlil natijalari va ustuvor vazifalar
Tahlillar mehnat munosabatlari va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar aholi murojaatlarida asosiy o‘rinlardan birini egallayotganini ko‘rsatdi.
Shundan kelib chiqib, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, mas’ul xodimlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish hamda aholi o‘rtasida manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.