Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qonunchilikka qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi?


Qonunchilikka qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi?

 

2026-yil 14-oktabrda bolalarni zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan OʻRQ-1180-son Qonun imzolandi va 15-oktabrdan kuchga kirdi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 30-sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2-oktabrda ma’qullangan.

Qonun bilan Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi yangi 5¹-band bilan to’ldirildi. Unga ko’ra, bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyati zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo’ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi ish beruvchining tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish asosi hisoblanadi.

Shu Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 41¹-moddasiga ko’ra shahvoniy shilqimlik uchun jazo bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoq etib belgilandi. Huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa, jarima 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda qo’llaniladi.

Zo’ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo’lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan vaqtdan e’tiboran davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi.

 

Bekobod shahar YXKM boshlig’i: Djurayeva Dildara Adxambayevna