Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i

Dadajonov Abdumutalib Karimovich

Телефон:
(71)501-02-50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning juma kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha


Dadajonov Abdumutalib Karimovich – 1980 yil 04 may kuni Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy , huquqshunos. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat yoʻnalishi, 2008 yilda magistratura bosqichlarin tamomlagan.

            Mehnat faoliyatini 2001-2004 yillarda Asaka tumani prokurori yordamchisining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurori yordamchisi, 2004-2005 yilda Shaxrixon tuman prokuroraturasi katta tergovchisi, 2005-2009 yilda  Toshkent shahar adliya boshqarmasi devonxonasining 1-toifali ish yurituvchisi- Kadrlar boʻlimi katta maslahatchisi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻlimi bosh maslahatchisi, 2009-2010 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2010-2013 yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari,2013-2017 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2017 yilda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasining boshligʻi, 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasining boshligʻi, 2019-2022 yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

              Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 29.04.2022 yildagi 353-sht-sonli buyrugʻi bilan Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan

  • boshqarma faoliyatini tashkillashtirish va unga umumiy rahbarlik qilish;
  • boshqarma hayʼati faoliyatini boshqarish;
  • boshqarma ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
  • Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Kadrlar boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Moliya-iqtisod boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • moliyaviy, shuningdek moddiy-texnika taʼminoti, xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish vazifalari belgilansin.
  • Boshqarma boshligʻi boʻlmaganda, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi;

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Mirzaaxmetov Rashid Kurbanbayevich

Телефон:
(71)501-02-50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning chorshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

Mirzaaxmetov Rashid Kurbanbayevich

  • Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Inson huquqlarini himoya qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Bekniyazov Ikrom Narbekovich

Телефон:
(71)501 02 50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning chorshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

Bekniyazov Ikrom Narbekovich

  • Notariat, advokatura va mediatsiya shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Nodavlat notijorat tashkilotlar shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Huquqiy axborot shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
  • Notarial arxiv faoliyatiga rahbarlik qilish.