Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i - Toshkent viloyati hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha maslahatchisi

Dadajonov Abdumutalib Karimovich

Телефон:
(71)501-02-50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning juma kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha,https://t.me/rahbariyatgamurojaat
Dadajonov Abdumutalib Karimovich
  • hududiy adliya organi rahbari o‘zi rahbarlik qiladigan adliya organi
    faoliyatiga bevosita va umumiy rahbarlik qiladi, ishlarni tashkillashtiradi,
    yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • hududiy adliya organiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi
    uchun shaxsan javob beradi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi xodimlar tomonidan O‘zbekiston
    Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari
    ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy
    chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning
    shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • Vazirlik Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z
    vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat va monitoring qiladi;
  • hududiy adliya organining ish rejalarini tasdiqlaydi, ularda ko‘rsatilgan
    vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
  • sohaga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini
    takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish
    uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda
    ishlarini nazorat qiladi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘radi,
    kadrlar zaxirasini yuritadi;
  • o‘zining vakolati doirasida hujjatlarni imzolaydi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi xodimlar faoliyati samaradorligi va
    natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda
    ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur
    chora-tadbirlarni ko‘radi;
  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq
    hududiy adliya organi tizmida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning
    oldini olish choralarini ko‘radi, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va
    qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab
    chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi
    sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etish chorasini
    ko‘radi;
  • hududiy adliya organida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
    ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq
    muloqotni yo‘lga qo‘yadi, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor
    qabullar o‘tkazadi;
  • davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
    qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy
    javobgarlikka tortish to‘g‘risida yoki boshqa ta’sir choralari ko‘rish
    to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi xodimlardan mehnat intizomini buzganlik,
    yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari
    yuzasidan tushuntirishlar oladi;
  • Vazirlik Hay’at majlisida muhokama qilish uchun Vazirlik rahbariyatiga
    takliflar kiritadi;
  • hududiy adliya organi faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish, ish
    reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun xodimlar
    ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
  • hududiy adliya organining rahbar o‘rinbosarlari va xodimlari o‘rtasida
    vazifalarni taqsimlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
  • xodimlarning ijro va mehnat intizomiga rioya qilishlarini ta’minlaydi;
  • mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Mirzaaxmetov Rashid Kurbanbayevich

Телефон:
(71)501-02-50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning chorshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

       R.Mirzaxmetov 1986 yilda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti-oliy huquqshunos, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

      Xizmat faoliyati 2007-2011-yillarda Toshkent davlat universiteti 1-huquq fakulteti kotibi, 2011-2012-yillarda Toshkent davlat universiteti 1-huquq fakulteti dispetcheri, 2014-2014-yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘yicha yetakchi maslahatchisi, 2014-2016-yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2016-2017-yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2017-2021-yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, 2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Davlat boshqaruv tizimining samaradorligini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, 2022-2023-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, 2023-2024-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2024-2025-yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2025-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

  • O‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar faoliyatiga bevosita va umumiy rahbarlik
    qiladi, ishlarni tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
  • davlat organlari hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy
    davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va
    bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari yuridik xizmatlari
    faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, ularning faoliyatiga uslubiy
    ko‘maklashish ishlarini tashkillashtiradi;
  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy
    himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga
    oshirilishini ta’minlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida
    manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib boradi va joylardagi holat
    monitoringini yuritadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini
    baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ishlarini tashkil
    etadi;
  • huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlaydi;
  • huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va
    tashkilotlarining hududiy bo‘linmalarida huquqiy targ‘ibot sohasidagi
    ishlarini muvofiqlashtirish;
  • intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini
    ta’minlash hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa
    intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qiladi;
  • yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni
    tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni
    amalga oshirishni ta’minlashga mas’ul hisoblanadi;
  • hududiy adliya organining Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va
    metodik ta’minlash sho‘basi, Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi,
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sho‘basi,
    Huquqiy axborot sho‘basi (bosh maslahatchisi), Intellektual mulk
    huquqlarini himoya qilish sho‘basi (bosh maslahatchisi) faoliyatiga rahbarlik
    qiladi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning
    bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga xodimlar tomonidan O‘zbekiston
    Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari
    ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy
    chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning
    shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z
    vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat va monitoring qiladi;
  • ish rejalarda belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli
    bajarilishini ta’minlaydi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda
    ishlarida ishtirok etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘radi,
    kadrlar zaxirasini yuritilishini ta’minlaydi;
  • o‘zining vakolati doirasida hujjatlarni imzolaydi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarda xodimlar faoliyati samaradorligi va
    natijadorligini tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini
    eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi;
  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq
    hududiy adliya organi tizmida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning
    oldini olish choralarini ko‘radi, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va
    qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab
    chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi
    sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etish chorasini
    ko‘radi;
  • aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yadi, shaxsiy, shu
    jumladan sayyor qabullar o‘tkazib boradi;
  • davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
    qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni rag‘batlantirish,
    intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida yoki boshqa ta’sir choralari ko‘rish
    to‘g‘risida hududiy adliya organi rahbariga takliflar kiritib boradi;
  • Vazirlik hay’at majlisida muhokama qilish uchun Vazirlik rahbariyatiga
    takliflar kiritadi;
  • ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun xodimlar
    ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida vazifalarni
    taqsimlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
  • xodimlarning ijro va mehnat intizomiga rioya qilishlarini ta’minlaydi;
  • mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Axmedov Baxtiyar Nigmatovich

Телефон:
(71)501-02-50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning dushanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

      B.Aхmedov - 1985-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti-oliy, huquqshunos, 2007-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavr yo‘nalishini, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistr yo‘nalishini tamomlagan.

     Xizmat faoliyati 2007-2010-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchisi, katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2015-2015-yillarda “O‘zstandart” agentligi Toshkent shahar sinov markazi yuriskonsulti, 2018-2018-yillarda Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda M.Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, 2019-2021-yillarda Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazi direktori, 2021-2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2022-2022-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2022-2026-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2026-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidа ishlab kelmoqda.

  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar faoliyatiga bevosita va umumiy rahbarlik qiladi, ishlarni tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
    oshirishni ta’minlash;
  • notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat
    ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini
    ta’minlash;
  • Notarial palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda xususiy amaliyot
    bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va
    shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining
    faoliyatini kafolatlarini ta’minlashda vakolati doirasida ko‘maklashish;
  • Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda malaka
    komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
  • nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish borasidagi davlat
    siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlarining
    hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga
    ko‘maklashish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yagona
    davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
    monitoring olib borish va nazorat qilish;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari,
    resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va
    boshqa tashkilotlar hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va
    samaradorligini baholashga mas’ul hisoblanadi;
  • hududiy adliya organining Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar
    sho‘basi, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi,
    Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini
    muvofiqlashtirish sho‘basi, Nodavlat notijorat tashkilotlar sho‘basi
    faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • hududiy adliya organi huzuridagi notarial arxiv hamda Fuqarolik holati
    dalolatnomalari yozish arxivi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqadi;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun
    ma’muriy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror
    xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqadi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning
    bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
  • O‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarga xodimlar tomonidan O‘zbekiston
    Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari
    ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy
    chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning
    shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z
    vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat va monitoring qiladi;
  • ish rejalarda belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli
    bajarilishini ta’minlaydi;
  • hududiy adliya organi tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda
    ishlarida ishtirok etadi, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘radi,
    kadrlar zaxirasini yuritilishini ta’minlaydi;
  • o‘zining vakolati doirasida hujjatlarni imzolaydi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlarda xodimlar faoliyati samaradorligi va
    natijadorligini tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini
    eshitadi, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi;
  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq
    hududiy adliya organi tizmida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning
    oldini olish choralarini ko‘radi, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va
    qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab
    chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi
    sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi, tahlil qiladi, bartaraf etish chorasini
    ko‘radi;
  • aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yadi, shaxsiy, shu
    jumladan sayyor qabullar o‘tkazib boradi;
  • davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
    qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlarni rag‘batlantirish,
    intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida yoki boshqa ta’sir choralari ko‘rish
    to‘g‘risida hududiy adliya organi rahbariga takliflar kiritib boradi;
  • Vazirlik Hay’at majlisida muhokama qilish uchun Vazirlik rahbariyatiga
    takliflar kiritadi;
  • ish reja va boshqa topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish uchun xodimlar
    ishtirokida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;
  • o‘ziga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida vazifalarni
    taqsimlaydi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
  • xodimlarning ijro va mehnat intizomiga rioya qilishlarini ta’minlaydi;
  • mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga
    muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Bekniyazov Ikrom Narbekovich

Телефон:
(71)501 02 50

Fuqarolarni qabul qilish har haftaning seshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

     I.Bekniyazov - 1986-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti-oliy, huquqshunos, 2009-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

    Xizmat faoliyati 2009-2013 yillarda “Nigina-Diana” xususiy firmasi huquq maslahatchisi, 2013-2015-yillarda TIF Milliy Bank Qoraqalpog‘iston bo‘limi Xo‘jayli filiali yetakchi huquq maslahatchisi, 2015-2016-yillarda Xo‘jayli tumani “Nizam Tarezisi” advokatlik byurosi advokat-stajyori, 2016-2018-yillarda Xo‘jayli tumani “Xujayli Himoya Servis” advokatlik byurosi rahbari, 2018-2019-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2023-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi Tadbirkorlik, mulkchilik, korporativ boshqaruv va monopolistik faoliyati sohasidagi qonunchilik bo‘limi bosh maslahatchisi, 2023-2025-yillarda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, 2025-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.