Toshkent viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON

Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi:
|
1. |
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi; |
|
2. |
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlaydi; |
|
3. |
davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik chorasini ko‘radi; |
|
4. |
tadbirkorlik subyektlariga axborot yordami ko‘rsatadi, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar beradi; |
|
5. |
DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga aniqlangan qonunbuzarliklar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari, ularga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni kiritadi; |
|
|
|
|
6. |
tadbirkorlik subyektlari tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qiladi; |
|
7. |
elektron tizimda uzilishlar bo‘lganda va tarmoq qurilmasi ishdan chiqqanda tizim ishlash qobiliyatini tiklashda qatnashadi; |
|
8. |
ish haftasi davomida belgilangan tartibda DXM axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi; |
|
9. |
ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritishni tashkillashtiradi; |
|
10. |
DXMda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib borishni tashkillashtiradi; |
|
11. |
Vazirlik hay’atining qarorlari, hududiy adliya organining yig‘ilish bayoni qarorlari, adliya vaziri, hududiy adliya organi rahbariyatining soha faoliyatiga oid buyruqlari, ko‘rsatmalari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi; |
|
12. |
begona tashkilotlar mutaxassislari hamda fuqarolar tomonidan qurilmani montaj qilinishini oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi; |
|
13. |
davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi respublika, viloyat, shahar (viloyat) doirasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda axborot almashinuvi tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlaydi; |
|
14. |
Vazirlik, hududiy adliya organi va DXM direktori tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi; |
|
15. |
DXM xodimlari va fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib boradi; |
|
16. |
o‘z xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida ichki mehnat tartibi qoidalariga, odob-ahloq qoidalariga hamda kiyinish talablariga qat’iy rioya qilish, adliya organi xodimi degan nomga dog‘ tushuruvchi xatti-harakatlar sodir etishdan o‘zini tiyadi; |
|
17. |
DXM direktori va bo‘lim boshlig‘iga qo‘shimcha davlat xizmatlarini kiritish bo‘yicha, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida takliflarni, shuningdek arizachining davlat xizmatlari ko‘rsatishning rad etilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun materiallarni kiritadi; |
|
18. |
ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanadi; |
|
19. |
vakolatli organlardan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar hamda axborotlarni to‘lovsiz so‘rab oladi; |
|
20. |
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida, sudlarda, boshqa organlar va tashkilotlarda DXM manfaatlarini ifodalaydi; |
|
21. |
ma’lumotlarning tegishli bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanadi; |
|
22. |
hududiy adliya organi rahbarining topshirig‘iga asosan boshqa xodim ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaradi; |
|
23. |
mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi. |
Lavozimi uchun rasmiy talab:
Kamida yurisprudensiya, moliya-iqtisod iqtisod yo'nalishlari b'yicha bakalavr darajasiga ega yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan, shuningdek, mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yillik ish stajiga ega bo'lishi lozim.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: Dushanba - Juma soat 08-00 dan 17-00 ga qadar.
Tushlik 12-00 dan 13-00 ga qadar;
· oylik ish haqi lavozimga qarab;
Murojaat muddati va manzil:
·nomzodlar 2026-yil 7-iyul kuniga qadar https://hrm.gov.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),
· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;
Ma’lumot uchun telefon 71 501 07 17 (ichki raqam 2505, 2508).
· Tanlov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko'chasi., Mo'ljal: Yoshlar markazi to‘g‘risida).
· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
· Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,
· savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.