Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03.07.2026

Toshkent viloyati tuman (shahar) adliya boʻlimlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar boʻyicha EʼLON





  


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:

a)

Markaz faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yo‘nalishida:

1.

tuman (shahar) adliya bo‘limining ish rejalarida belgilangan tadbirlarni ijro

etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi;

2.

soha faoliyatiga oid yig‘ilish va anjumanlarda ishtirok etadi;

3.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil

qilishni “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali o‘z vaqtida amalga oshiradi;

4.

tuman (shahar) adliya bo‘limi yoki YXKM boshlig‘i tomonidan unga

berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlaydi;

5.

davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni

amalga oshirish, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;

6.

davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga zaruratga ko‘ra huquqiy ishlarga

taalluqli ko‘rsatmalar beradi;

7.

davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi umumlashtirilgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etilishida tuman adliya bo‘limi yoki YXKM

boshlig‘iga ko‘maklashadi;

8.

YXKM boshlig‘i yoki boshqa bosh yuriskonsult mehnat ta’tilida, kasallik varaqasida   yoki   xizmat   safarida   bo‘lganda,   hududiy   adliya   organi

rahbarining ruxsati bilan uning vazifasini vaqtincha bajaradi;

b)

yuridik   xizmat   ko‘rsatiladigan   tashkilotlarning   faoliyatini   huquqiy

jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasida:



9.

tashkilotlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini

bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

10.

tashkilotlar rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi

hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi;

11.

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga

ta’sir etadigan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning qarorlari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;

12.

mustaqil ravishda yoki tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda yuridik tusdagi hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb

hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

13.

tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va

umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tegishli tashkilot rahbariyatiga kiritadi;

14.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda tashkilot va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar va shikoyatlarni ko‘rib

chiqishda ishtirok etadi;

15.

yuridik    xizmat    ko‘rsatiladigan    tashkilotlarda    boshqaruv    tizimini

takomillashtirish,   tashkilotlar   mansabdor   shaxslarining   huquqlari   va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

16.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, zaruratga ko‘ra, ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka

muvofiqligini tekshiradi va yuridik xulosa beradi;

17.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar rahbariyatiga tashkilot faoliyatida

qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan axborot taqdim etadi;

18.

zarurat bo‘lganda, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga

oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

b)

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik

yordam ko‘rsatish sohasida:

19.

tashkilotlar vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoraviy hujjatlar

loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

20.

tashkilotlarning idoraviy hujjatlar ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi;




21.

huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra e’tirozi bo‘lsa, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan yuridik xulosalar

tayyorlaydi;

22.

idoraviy va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va

takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi;

23.

tizimli ravishda taalluqli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy va boshqa idoraviy hamda yuridik tusdagi boshqa hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni

o‘tkazadi;

24.

tashkilotlar faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha

takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

25.

tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar beradi, tashkilot rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish hamda Internetdagi huquqiy mazmundagi veb-saytlardan foydalanish haqida

takliflar kiritadi;

26.

tashkilotlar tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga uslubiy yordam ko‘rsatadi, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar   va

ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

27.

tashkilotlar xodimlariga o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik

hujjatlarining qo‘llanilishi masalalarida, shu jumladan tashkilotning joriy masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar beradi;

v)

yuridik   xizmat   ko‘rsatiladigan   tashkilotlar   xodimlarining   huquqiy

savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:

28.

huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan hamkorlikda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun

va ahamiyatini yetkazishda ishtirok etadi;

29.

tashkilotlar rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy

materiallar tayyorlashga ko‘maklashadi;

30.

tashkilotlar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil

etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;

31.

tashkilotlar faoliyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshiradi;




32.

tashkilotlarga tashkilot veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;

33.

tashkilotlar xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga tashkilot faoliyatiga

tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

34.

qonunchilikka   kiritilgan   o‘zgartirishlar   haqidagi   ma’lumotlarni,   sud

amaliyotini, Vazirlikning huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga yetkazadi;

g)

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali

himoya qilinishini ta’minlash sohasida:

35.

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakil sifatida ishtirok etadi, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya

qilinishini ta’minlaydi;

36.

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish

choralarini ko‘radi;

37.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar tomonidan shartnomalar loyihalarini tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga,

agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi;

38.

shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan

tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;

39.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab

chiqishda ishtirok etadi;

40.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini

nazorat qiladi;

41.

tegishli   tuzilmalar   bilan   birgalikda   yuridik   xizmat   ko‘rsatiladigan tashkilotlarning   debitorlik   va   kreditorlik   qarzlari ahvolini   o‘rganadi,

ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi;

42.

shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo

ishlarini olib borishga ko‘maklashadi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq




 

rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida sud protsesslarida ishtirok etish

uchun zarur bo‘lgan materiallarni va hujjatlarni tayyorlaydi;

43.

yuridik   xizmat   ko‘rsatiladigan    tashkilotlarning   mulkiy   va   boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni

tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

44.

mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda

ishtirok etadi;

45.

yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarda boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va asossiz xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza

qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

46.

moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’molliklar aniqlangan tekshiruvlar va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha

yuridik xulosalar beradi;

d)

davlat    organlari   va    tashkilotlari   tomonidan   qabul   qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga

ko‘maklashish sohasida:

47.

tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni

amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoki ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

48.

tashkilotlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha

takliflar ishlab chiqadi;

49.

ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihalarini   qonunchilikka   mosligi,   maqbulligi   va   dolzarbligi   nuqtai

nazardan baholaydi va xulosalar beradi;

50.

tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularning

natijalari bo‘yicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

51.

tashkilotlar    xodimlari    tomonidan    korrupsiyaviy    xavf-xatarlar    va

huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;

52.

zaruratga ko‘ra, xodimlariga nisbatan o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida qatnashadi, korrupsiya faktlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari

natijalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;

53.

tashkilotlar xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha

tushuntirish va tavsiyalar beradi;



54.

tashkilotlar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash

maqsadida aholi va xodimlar orasida so‘rovlar o‘tkazadi;

55.

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo

choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;

56.

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, aholi bilan bevosita ishlovchi xodimlarni yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat ko‘rsatish

maqsadlaridan tashqari) taqiqlash choralarini ko‘radi.

57.

mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga

muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

 

Lavozimi uchun rasmiy talab:

Yurisprudensiya mutaxasligi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish lozim yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·       barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·      ish rejimi: Dushanba - Juma soat 09-00 dan 18-00 ga qadar.

        Tushlik 13-00 dan 14-00 ga qadar;

·       oylik ish haqi lavozimga qarab;

Murojaat muddati va manzil:

·nomzodlar 2026-yil 5-iyul kuniga qadar https://hrm.gov.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

Ma’lumot uchun telefon 71 501 07 17 (ichki raqam 2505, 2508).

· Tanlov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko'chasi., Mo'ljal: Yoshlar markazi to‘g‘risida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 


Рўйҳатга қайтиш