Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan
2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar
Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qo‘llash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yo‘nalishlarida 2026-yil 1-choragi davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, kelib tushgan 2 466 ta murojaatning 2 329 tasi yoki 94,4 % hal qilinishi, shu jumladan 1 480 tasi (63,5%) qanoatlantirilishi va
849 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi.
Masalan, fuqaro D.A.ning mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari kam to‘langanligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi va Yoshlar ishlari agentligining Toshkent viloyati boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, D.A.ga 6,4 mln so‘m miqdoridagi foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lanishi ta’minlandi.
Joriy yil 1-choragida 358 ta monitoring va 79 ta o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan 2 000 dan ortiq qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 685 ta taqdimnoma, sudlarga jami 11 mlrd. so‘mlik 172 ta da’vo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 94 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirildi.
Kiritilgan taqdimnoma, da’vo ariza va ma’muriy materiallarga asosan 4,2 mlrd. so‘mlik mablag‘larning undirilishi, 11,3 mlrd. so‘mlik 132 ta da’vo arizalarining qanoatlantirilishi, 100 dan ortiq noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi, muvofiqlashtirilishi va haqiqiy emas deb topilishi, 53 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan 1 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 94 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
Misol uchun, fuqaro F.M.ning qonuniy tarzda g‘olib bo‘lgan mulk bo‘yicha Bo‘stonliq tumani hokimligi tomonidan uch tomonlama shartoma imzolamasligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati boshqarma tomonidan ko‘rib chiqildi hamda Bo‘stonliq tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilishi natijasida uch tomonlama shartnoma imzolanishi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Bugungi kunda ham qonun hujjatlari bilan belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida ijobiy ishlar davom ettirilmoqda.