Yangiliklar
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya ajratiladi
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi
Qarz shartnomasi haqida nimalarni bilish lozim?
Assalomu aleykum. Bizda tashqi o'rindoshlik asosida ishlab kelayotgan xodim asosiy ish joyidan bo'shadi shunda bizga asosiy ishchi bo'lib o'tadimi u bilan yana shartnoma tuziladimi. Buyruq xujjatlarini qay tartibda qilish zarur?
Assalomu aleykum. SES soxasida 28 yildan buyon ishlayman, oliy toifali, boquvchim yo`q, 1stavkada ishlayman, yarim stavkamni olmoqchi majburiy boshliqlar. Kreditim bor, yarim stavka oylik yetmaydi, mandan boshqa oylik oladigan yuq. Mumkinmi yarim stavkamni olishga. menga qisqarish kelgani yo`q.
Assalomu aleykum. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran necha kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak?
Assalomu aleykum. Korxonaning tugatilishi oqibatida xodimni ishga tiklash imkoniyati bo‘lmagan holatda, sud mehnat shartnomasining bekor qilinishini noto‘g‘ri deb topib, tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatish haqida qaror qilgan organga, zarur hollarda esa huquqni qabul qiluvchiga qanday majburiyatni yuklashi mumkin?
Аssalomu alaykum! Menga 2020 yil 10 aprel kuni qisqartirishga tushding deb ogohlantirish xatiga imzo chektirishdi, 2020 yil 11 iyun kuni mehnat shartnomamni bekor qilishdi. Men tashkilotimizdan MK ning 67- moddasiga asosan kompensatsiya xamda bir martalik nafaqamni surasam, Viloyat iktisodchimiz orqa sana bilan yaʼni 2020 yil 1-mart sanasidan meni shtat birligimni shtatniy raspisaniyadan olib tashlagan, usha ogoxlantirish davrida olgan ish haqimni kompensatsiyang deb ro`kach qilmokda. Filial xisob kitob bulimi meni qarzga chiqarib qo`ymoqchi. Bu holatda nima qilish zarur. Oldindan javob uchun raxmat!
Assalomu aleykum .Muddati tugaganligi sabali mexnat shartnomasini bekor kilish uchun xodimni ogoxlantirishim kerakmi?
Assalomu alaykum, maktabda ingliz tilidan dars beraman. IELTS dan 7,5 ballga egaman, oyligimga qoʻshimcha toʻlanadimi?