Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi VMQ-713-son qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Respublikada 2024-2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-732 son qarori qabul qilindi.
Prezident tomonidan «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-988-son Qonuni imzolandi.
Vazirlar Mahkamasining VMQ-733-son qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.
Prezident tomonidan "Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘RQ-989-sonli Qonun imzolandi.
Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-990-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezident tomonidan 04.11.2024 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ -380-sonli Qaror imzolandi.
Prezident tomonidan 05.11.2024 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-991-sonli Qonun imzolandi.
BHMS va MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot shakllari – Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizom (04.11.2024 y. AVdagi ro‘yxat raqami 3567-son) tasdiqlandi. Nizom 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Ya’ni 2024 yil uchun moliyaviy hisobot yangi qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-718-sonli qarori qabul qilindi.